Farg‘onada ikki tuman marrani zabt etdi
Buvayda va Yozyovon tumani paxtakorlari paxta topshirish rejasini viloyatda birinchi bo‘lib bajardi. Xususan, buvaydaliklar joriy yil 17 ming 800 tonna paxta xirmoni yaratib, hosildorlik gektaridan 35 sentnerni tashkil qildi.
Tumanda 5 ming 120 gektar maydonda, 202 ta fermer xo‘jaligi dalalarida paxta yetishtirildi. bugungi kunga 187 ta fermer xo‘jaliklari shartnomaviy rejani bajarib, tuman xirmonining yuksalishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. "Nuri Baxt", "Alkol Agrotexnika", "Yusuf Sulaymon", "Saxovatli Bachkir zamini", "Bumayra ona AAA" kabi fermer xo‘jaliklarida hosildorlik gektaridan 45-50 sentnerni tashkil etdi.
Yozyovon tumanida 5 ming 210 gektar yerdan 18 ming 150 tonna hosil yig‘ishtirib olindi. Yuzdan ziyod fermer xo‘jaliklari shartnomaviy rejalarini ortig‘i bilan ado etdi. “Mezon”, “Far. Quyoshli yurt" “Vodiy oltin boshog‘i” fermer xo‘jaliklarida hosildorlik 55 sentnerdan oshdi. Bunday yuqori hosil olgan fermer xo‘jaliklari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Hali dalalarda paxta mo‘l. Klasterlar, fermerlar terim sur’atini susaytirmay, hosildorlikni oshirishga bel bog‘laganlar.
M. Sulaymonov, O‘zA