Farg‘onada fuqarolar o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanmoqda
Bugun, 30 aprel tongi har qachongidan-da fayzli boshlandi. Erta tongdan hamyurtlarimiz O‘zbekiston Respublikasi referendumida o‘z munosabatlarini bildirish maqsadida referendum uchastkalariga oshiqmoqda.
Barcha referendum uchastkalarida jarayonlar erta tongda Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Xususan, Oltiariq tumanidagi 28-maktab binosida joylashgan 772-referendum uchastkasida ertalab soat 8:00 da bayramona ruhda boshlangan siyosiy jarayonda hududda istiqomat qilayotgan mahalladoshlar faol ishtirok etish uchun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari bilan birgalikda tashrif buyurishni boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatida tuman-shaharlar chegaralari inobatga olingan holda, fuqarolarga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 1209 ta Referendum o‘tkazuvchi uchastka tuzilgan. Ularning barchasi ovoz berishga taxt qilindi.

Viloyat bo‘yicha ikki million nafardan ortiq ovoz berish huquqiga ega fuqarolar bor. Ularning 103 ming 607 nafari muddatidan oldin ovoz berdilar.
Shohsulton To‘xtamatov,
11-Farg‘ona okrug komissiyasi matbuot markazi xodimi
O‘zA