Farg‘ona viloyatida test sinovlari boshlandi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatida 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha test sinovlari boshlandi.
Viloyat bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish uchun 9 ta bino va 115 ta auditoriya tayyorlangan bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida 3 ming 450 nafar abituriyentni qabul qilish imkoniyatiga ega. Test sinovlari ikki smenada tashkil etilgan va jami 64 ming 892 nafar abituriyentning ishtirok etishi rejalashtirilgan.
So‘x tumani abituriyentlariga qulaylik yaratish maqsadida test sinovlari tumanning o‘zida ham o‘tkazilmoqda.
[gallery-30395]
Bilim va malakalarni baholash agentligining Farg‘ona viloyati bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, test jarayonlari tasdiqlangan tartib asosida tashkil etilgan. Abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun kutish joylari va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA