Farg‘ona ta’limi raqamlarda
Bugungi kunda Farg‘ona viloyatining 1 ming 158 ta umumta’lim maktabida qariyb 760 ming nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Yangi o‘quv yilida maktablarning 1-sinfiga 85 ming nafar bola qabul qilindi.
2017-yilda viloyatda 420 o‘quvchi o‘rniga ega atigi bitta xususiy maktab faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 171 taga yetdi. Ularda 45 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rni yaratildi.
O‘tgan o‘quv yilida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 71 nafar bitiruvchisi xalqaro grantlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkich ikki barobar oshib, 143 nafarga yetdi.
Muhammad al-Xorazmiy maktabining Farg‘ona filialida 1 ta o‘ringa 115 nafar o‘quvchi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Ha, Farg‘ona kelajagi ilmli yoshlarga meros qoldirilmoqda.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA