Farg‘ona shahar "to‘rtligi" ishdan olindi
Xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida kutilmaganda Farg‘ona shahar Shodiyona mahallasiga bordi. Aholi bilan muloqot qilib, yashash tarzi bilan tanishdi, muammolarini so‘radi. Sektor rahbarlarining faoliyatidan umuman qoniqmadi.
Farg‘ona shahrida o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olingan.
O‘zA