Fargʻonalik gʻallakorlar ham rejani uddaladi
Viloyatda doni yigʻishtirib olinmagan gʻallazorlarda oʻrim-yigʻim qizgʻin davom ettirilmoqda.
Fargʻona viloyati gʻallakorlari davlatga gʻalla topshirish rejasini ortigʻi bilan bajardi.
Viloyatda 2020-yil hosili uchun 2 547 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 104 ming 700 gektar maydondagi kuzgi boshoqli don ekinlari ekilib, parvarish qilingan.
Viloyatning davlatga don sotish rejasi 335 ming 165 tonnani tashkil etib, amalda ortigʻi bilan uddalandi. Xususan, Buvayda, Beshariq, Furqat, Uchkoʻprik, Quva tumanlari, Quvasoy shahri bu borada peshqadam boʻlishdi. Koʻplab fermer xoʻjaliklari 70-80 sentnerdan hosil olishga erishdi. Oʻrim mavsumida 336 ta kombaynlar qatnashayotgan boʻlib, ular toʻla quvvat bilan ishlashi uchun sharoitlar yaratilgan.
Mavsumda olib borilgan bu kabi saʼy-hararkatlarni sifatli amalga oshirishda omilkor dehqon va fermerlarning koʻrsatgan jonbozligi muhim ahamiyat kasb etdi.
Viloyatning 11 ta tumanlarida 18 ta gʻallachilik klasterlari tashkil etilgan. Mazkur klaster korxonalariga 219 ta fermer xoʻjaliklari biriktirilib 12 ming 267 gektar maydonda boshoqli don yetishtirildi. Klaster korxonalariga ajratilgan yer maydonlarini hosildorligini oshirish boʻyicha oʻtkazilgan agrotexnik tadbirlar natijasiga koʻra hosildorlik 15-20 sentnerga oshirildi.
Viloyatda doni yigʻishtirib olinmagan gʻallazorlarda oʻrim-yigʻim qizgʻin davom ettirilmoqda.