Fargʻonada soxta diler qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati ichki ishlar organlari tomonidan oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida bir qator jinoyatlar fosh etildi.
Fargʻona viloyati ichki ishlar organlari tomonidan oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida bir qator jinoyatlar fosh etildi.
Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi Yu.A. tanishi Gʻ.E.ning ishonchiga kirib,
Turkiya davlatidan plastik truba ishlab chiqaruvchi dastgoh olib kelib berishni vaʼda qiladi. Buning uchun 63 ming AQSH dollari va 100 million soʻm pullarini olib, moʻmaygina daromadni qoʻlga kiritgan.
Oradan koʻp vaqt oʻtsa-da, vaʼda qilingan dastgoh kelavermaydi. Gʻ.E. firibgarlik qurboni boʻlganini anglab yetadi va bu haqda huquqni muhofaza qilish organi xodimlarini xabardor qildi.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
8-oktyabr kuni fuqaro A.E. Uchkoʻprik tumani Oʻqituvchilar koʻchasida joylashgan oshxona oldida eshiklari qulflanmagan holatda qarovsiz qoldirilgan T.H.ga tegishli “Nexia-1” rusumli avtomashinani olib qochib, hodisa joyidan yashiringan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida Olmurod qishlogʻi hududidan oʻtgan zovur yonidan avtomashina soz holda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.