Fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
Navbahor tumani Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tizimda o‘tkazilgan fan olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni egallab respublika bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda maktab direktorlari, g‘olib o‘quvchilar va ularning ota-onalari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Joriy yilda o‘tkazilgan fan olimpiadalarining viloyat bosqichida 11 nafar o‘quvchi 1-o‘rinni egallab, so‘nggi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
– Men 5-sinfdan buyon tuman va viloyatimizda o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida ishtirok etib kelaman, – deydi 14-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Rayhona Ibragimova. – Bu yil men biologiya fanidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdim. Shuningdek, hozirda xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun ham tayyorgarlik ko‘rayapman. Kelgusida mohir shifokor bo‘lish niyatida ustozlarimdan boshlang‘ich bilim sirlarini o‘rganmoqdaman.
Tadbirda o‘quvchilarga tashkilotchilarning “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA