Faktoring xizmati qulay va xavfsiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 avgustdagi “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-109-sonli Farmoni va mazkur Farmon bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining tegishli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tgan yilda boshlangan tizimli ishlar davom ettirib kelinmoqda.
O‘zmilliybank mijozlariga faktoring xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yangi imkoniyatlar yaratildi.
Masalan, O‘zmilliybank mijozi bo‘lmagan korxonalar o‘zining asosiy hisobraqamini O‘zmilliybank tizimiga o‘tkazgan taqdirda boshqa bankdagi hisobraqam aylanmalaridan kelib chiqqan holda faktoring bo‘yicha moliyalashtirish limiti o‘rnatish amaliyotini joriy qilish hisobiga faktoring xizmatidan foydalanish tartibi yanada yengillashtirildi.
Shuningdek, mijozlar bilan bank o‘rtasida faktoring xizmatlari bo‘yicha elektron hujjatlar almashinuvini ta’minlash uchun foydalanib kelinayotgan maxsus platformani yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil boshidan bugungi kunga qadar O‘zmilliybank tomonidan umumiy qiymati 54,0 milliard so‘mlik 1500 taga yaqin (2024 yilda 311,7 milliard so‘mlik 3600 tadan ortiq) hisob varaq fakturalar moliyalashtirildi.
“O‘zmilliybank”AJ
Matbuot xizmati