Facebook yolg‘on xabarlarga qarshi kurashmoqda
Facebook ijtimoiy tarmog‘i 3 oyda COVID-19 va vaksinalar haqidagi 1,3 milliard akkaunt va sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yuqori ekspertlar yolg‘on deb hisoblagan 12 milliondan ortiq xabarlarni o‘chirib tashladi. Bu haqdagi xabar kompaniyaning rasmiy blogida e’lon qilindi.
Soxta akkauntlar turli platformalarda bo‘ladi, biroq Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ular boshqa tarmoqlardagidan ko‘ra ko‘proq uchraydi. Soxta akkauntlarni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – boshqa foydalanuvchilarni aldash. Soxta akauntlar shuningdek, yolg‘on xabarlarni taraqatish uchun ham yaratiladi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 35000 nafardan ortiq kishi Facebook platformasidagi yolg‘on xabarlarni yo‘q qilish ustida tun-kun ish olib boradi.
O‘tgan yili koronavirusga qarshi vaksinalar to‘g‘risida ko‘plab yolg‘on ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, fuqarolar virus tarqalishining oldini olish va emlash haqida to‘g‘ri ma’lumot olishlari uchun bunday yolg‘on xabarlarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi qaror juda foydali bo‘ldi.
Facebook tarmog‘ida yolg‘on xabarlar haqidagi ma’lumotlarning oshkor etilishi AQSH Vakillar palatasining Energetika va savdo qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan rejali tekshiruvdan so‘ng amalga oshirildi. Qo‘mita texnologik platformalar, jumladan Facebook ijtimoiy tarmog‘ining yolg‘on xabarlarga qarshi qanday kurash olib borayotganini o‘rganadi.
O‘zbekistonda ham Facebook tarmog‘idagi yolg‘on xabarlar bilan bog‘liq faktlar aniqlandi. Masalan, ayrim foydalanuvchilar koronavirus yuqtirishning birinchi holatlari aniqlanguncha, bu kasallikni yuqtirgan yuzlab bemorlar haqida postlar e’lon qilishgan. U yerda soxta ma’lumotlar tarqatilgan.
Roman BONDARCHUK, O‘zA