Fabio Kannavaro yakuniy tarkibni e’lon qildi
Ayni damda okean ortida o‘tkaziladigan mundialga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro dunyo birinchiligi uchun so‘nggi 26 talik tarkibni e’lon qildi.

Mazkur tarkibdan Umarali Rahmonaliyev, Ruslanbek Jiyanov, Sherzodbek Temirov hamda Jasur Jaloliddinov tushib qolgan.
Mundialda qatnashadigan 26 nafar futbolchi bilan tanishing:
Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Neftchi”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”).
Himoyachilar: Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK), Jahongir O‘rozov (“Dinamo”), Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya), Abdulla Abdullayev (“Dibba”, BAA), Farrux Sayfiyev (“Neftchi”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sherzod Nasrullayev (“Paxtakor”), Behruz Karimov (“Surxon”).
Yarim himoyachilar: Sherzod Esanov (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Traktor”, Eron), Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA), Jamshid Iskanderov (“Neftchi”), Aziz G‘aniyev (“Al Batayeh”, BAA).
Hujumchilar: Abbos Fayzullayev (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron), Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron), Aziz Amonov (“Dinamo”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Igor Sergeyev (“Persepolis”, Eron), Eldor Shomurodov (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya),
Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz mundialda “K” guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA