“Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz”
FOTOREPORTAJ
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
[gallery-16520]
Tadbirda sotsiologiya fanlari doktori, professor Mavluda G‘afforova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Axtamqul Karimov va boshqalar Prezidentimizning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda so‘zlagan nutqi hamda mamlakatimizda ayollar manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, g‘oyatda muhim ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy maqom san’ati markazi xonandasi Sardorbek G‘ofurov tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA