Ezgu ishlar orqali mahallada mehr-oqibat, ahillik, hamjihatlik, ogohlik va sog‘lom muhit shakllanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari mahallalarni rivojlantirish, odamlar turmush sharoitini yaxshilash va oilalarni mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar muhokama qilinganini ta’kidladi.
Bunday ezgu ishlar orqali mahallada mehr-oqibat, ahillik, hamjihatlik, ogohlik va sog‘lom muhit shakllanishi qayd etildi.
– Odamlarning ertangi kunga ishonchi ortadi, islohotlar yanada jadallashib, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oson yechim topiladi.
Oilalarda va xonadonlarda tinchlik-totuvlik hukm suradi. Yoshlar Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiya topadi. Eng muhimi, hech kim e’tibordan chetda qolmaydi, – dedi Prezidentimiz.
Yakunda mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
O‘zA