“Eskiqal’a” mahallasi yangi binoda ish boshladi
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Eskiqal’a” mahalla fuqarolar yig‘inining ma’muriy binosi yangidan qurib foydalanishga topshirildi.
Hududda 768 ta oila istiqomat qiladi.
Mahallaning ma’muriy binosini foydalanishga topshirish tadbirida keng jamoatchilik vakillari bilan birga tuman hokimi Sherali Salomov qatnashdi.

Zamon talablariga mos jihozlangan binoda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, uning huquq-tartibot, oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar, obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, mutaxassislari, yoshlar hamda mehnat faxriylari ishlari bo‘yicha maslahatchilari uchun alohida xonalar, majlislar zali mavjud.

Mahallaning yangi binosi Nodir Rajabov boshchiligidagi “Shukurjon ona” MCHJ binokorlari tomonidan barpo etildi. Qurilish ishlariga homiylar ko‘magida 250 million so‘m mablag‘ sarflandi.
Zarif KOMILOV, O‘zA