Eronda vertolyot halokatga uchradi
Eronning G‘arbiy Ozarbayjon hududidagi chegarani qo‘riqlash xizmatiga tegishli vertolyot halokatga uchradi.
Eronning G‘arbiy Ozarbayjon hududidagi chegarani qo‘riqlash xizmatiga tegishli vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda Mehr axborot agentligi viloyatning chegara qo‘shinlari rahbari Fardin Piriyning ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Piriyning aytishicha, Eron-Iroq chegarasidagi Urmiya hududida sodir bo‘lgan bu hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Halokat natijasida bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohatlangan.