Eron yangi bombani sinovdan o‘tkazdi
Eron Islom Respublikasi ilk bor lazer bombasini namoyish qildi. Bu haqda SNN xabar tarqatdi.
Eron armiyasining quruqlikdagi qo‘shini mashg‘ulot chog‘i ilk bor yuqori aniqlik bilan nishonni ura oladigan, shuningdek vayronkor kuchga ega lazerli bomba tizimini sinab ko‘rdi. Bunday tizimdan turli atmosfera va geografiya sharoitida muvaffaqiyatli foydalanish mumkinligi aytilmoqda.
Boshqa bir agentlik – “Nournews” xabar berishicha, Islom inqilobi qo‘riqchilari jamoasi “G‘azo” nomli eng yangi, og‘ir uchuvchisiz uchish qurilmasini qabul qilib olgan. Bu o‘zi uchar samolyot bir yo‘la 8 ta bombani manzilga elta oladi, havoda 35 soatgacha qolishi, jami 25 xil vazifani bajarishi mumkin. Mashq davomida dron bir uchishda 8 nishonga bomba bilan zarba bergan va ko‘tarilgan manziliga muvaffaqiyatli qaytgan. Parvoz masofasi 4 000 kilometrni taashkil etgan.