Eron Xitoy kemalari uchun Hurmuz bo‘g‘ozini ochdi (+video)
Eron urush boshlanganidan beri ilk bor Xitoy kemalariga Hurmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga ruxsat berdi, deb xabar qildi DW nashri.
Tehron fevral oyidan buyon strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur bo‘g‘ozni yopib qo‘ygan edi. Bu qaror AQSH prezidenti Donald Trampning Pekinga tashrifi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.
Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, 13-may kechasidan boshlab Eron harbiy-dengiz kuchlari Xitoy kemalarini Tehron nazoratidagi bo‘g‘oz orqali o‘tkazishni boshlagan. Qayd etilishicha, bunday ruxsat Pekin talabi bilan berilgan.
Fars agentligi ham shu mazmundagi xabarni tarqatdi. Eron davlat televideniyesi esa 30 dan ortiq kema bo‘g‘ozdan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Biroq ularning barchasi Xitoyga tegishli ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi sababli Eron Hurmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ygan edi. Odatda ushbu dengiz yo‘li orqali jahon neft va suyultirilgan gaz eksportining qariyb beshdan bir qismi tashiladi.
Bo‘g‘ozning yopilishi jahon bozorlarida beqarorlikni kuchaytirib, Eronning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlagan. Bunga javoban AQSH Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasini joriy etdi.
<iframe width="320" height="576" src="https://www.youtube.com/embed/g3x4ykxn_Eo" title="Eron Xitoy kemalari uchun Hurmuz bo`g`ozini ochdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA