Eron futbol federatsiyasi AQShni yana to‘sqinlik qilishda aybladi
AQSh tomonidan Said Elahi va Mehdi Taremi bilan bog‘liq to‘siqlar yuzaga keldi.
Eron futbol federatsiyasi JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Misr milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan AQSh tomonidan jamoa safariga to‘sqinlik qilinganini ma’lum qildi.
Federatsiya bayonotiga ko‘ra, Eron terma jamoasi futbolchilari aeroportga yetib kelganidan so‘ng yana ayrim muammolarga duch kelgan.
“Bir necha soat avval Eron terma jamoasi futbolchilari Misrga qarshi o‘yin uchun aeroportga yo‘l oldi. Biroq avvalgi holatlardagi kabi mezbon davlat AQSh tomonidan Said Elahi va Mehdi Taremi bilan bog‘liq to‘siqlar yuzaga keldi. Shu sababli jamoa aeroportda ushlanib qoldi. Futbolchilar murabbiy va jamoadoshlarining yetib kelishini kutmoqda, shundan so‘ng Sietl shahriga jo‘nab ketish rejalashtirilgan”, — deyiladi federatsiya bayonotida.
Eron milliy terma jamoasi hamda Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 27-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.