Eron fuqarolari Payariqda o‘g‘irlik qildi
2021 yil 12 sentyabr kuni Payariq tumani IIBga fuqaro B.Sh. ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 17:00 larda savdo do‘koniga tashqi ko‘rinishidan chet davlat fuqarosiga o‘xshaydigan bir erkak va ayol kishi kelib, turk tilida gapirib, 100 AQSH dollari pullarini ikkita 50 AQSH dollari kupyuralariga almashtirib berishini so‘raganligini, B.Sh. do‘konidagi seyfidan kupyuralarni ularga olib berayotgan vaqtida, o‘sha erkak kishi seyfidagi 5 ming 100 AQSH dollarini o‘g‘irlab olib, yonidagi ayol bilan birga chiqib ketganligini, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Xavfsiz turizmni ta’minlash xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Eron Islom Respublikasi fuqarolari – 1958 yilda tug‘ilgan R.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1980 yilda tug‘ilgan S.D. sodir etganligi aniqlanib, Toshkent shahri hududida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan Samarqand viloyati Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA