Eron elchisi bilan uchrashuv
Mintaqaviy masalalar, xususan, Afgʻoniston muammosini hal etish yoʻnalishida oʻzaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayirobodiy bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida turli sohalarda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari koʻrib chiqildi hamda Afgʻoniston muammosini hal etishga qaratilgan xalqaro saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama etildi.
Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida turli darajalardagi muloqotlar faollashganini ijobiy baholab, oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdilar. Mintaqaviy masalalar, xususan, Afgʻoniston muammosini hal etish yoʻnalishida oʻzaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.