Erkinjon Turdimov samarqandliklarga murojaat qildi
Bugun Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov tibbiyot sohasi mas’ullari bilan uchrashuv chog‘ida viloyat aholisiga murojaat qildi.
– Tibbiyot sohasini yaxshilash, mavjud kamchiliklar, ta’magirliklar, e’tiborsizlik oqibatida yuzaga kelayotgan salbiy holatlar bo‘yicha ma’lumotlaringizni 97 405-40-09 telegram raqamiga yo‘llashingizni so‘rayman, – dedi E.Turdimov.
– Ushbu ma’lumotlar asosida tibbiyot sohasidagi rejalarimizga o‘zgarishlar kiritamiz, tasdiqlangan faktlar bo‘yicha xulosa qilamiz. Bugun tibbiyot sohasini xalqimiz, keng jamoatchilik nazoratisiz, ular bilan bevosita muloqotsiz o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Soha ta’magirliklar, tanish-bilishchiliklar, ko‘plab noto‘g‘ri ishlar bo‘layotgani hech kimga sir emas. Faqat birgalashib, bunday holatlarning oldini olishimiz mumkin.
O‘zA