Eritreyada “COVID-19”ning ilk qurboni qayd etildi
Eritreya axborot vazirligi mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar orasida ilk o‘lim holati qayd etilgani haqida ma’lum qildi.
Hozircha voqeaga oid boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq jami 877 holat ro‘yxatga olingan, 599 kishi tuzalib, kasalxonani tark etgan.
“Sinxua” agentligining Eritreya sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotiga tayanib yozishicha, koronavirusning ilk qurboni 50 yoshli erkak. Ta’kidlanishicha, u mahalliy kasalxonada davolangan ekan.
O‘zA