Erdog‘an va Netanyaxu Nyu-Yorkda uchrashdi
Turkiya Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, Nyu-Yorkdagi “Turk uyi”da davlat rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu uchrashgan.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabat, Isroil – Falastin inqirozidagi oxirgi voqealar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan.
Uchrashuv chog‘ida Turkiya yetakchisi mamlakatining Isroil bilan energetika, texnologiya, innovatsiya, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlik qilishi mumkinligiga e’tibor qaratgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar dunyoda tinchlik uchun birga harakat qilmog‘i kerak.
Isroil hukumati matbuot xizmati xabarida Netanyaxudan “bizning aloqalar mustahkamlanmoqda” iqtibosi keltirilgan.