Erdog‘an Turkiya va Armaniston munosabatini tiklash haqida
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara Armanistondan ikki tomonlama munosabatni normallashtirish masalasida aniq qadamlar kutayotganini “TRT” telekanaliga suhbatida aytib o‘tdi.
1 iyul kuni Vena shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiya va Armaniston maxsus vakillari yig‘ilishida uchinchi davlat fuqarolari uchun quruqlikdagi Armaniston - Turkiya chegarasini imkon qadar tezroq kesib o‘tish imkoniyatini ta’minlash, ikki davlat aro to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo transportida yuk tashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilingan edi.
Chegaradosh Armaniston va Turkiya o‘rtasida ayni payt diplomatik aloqa mavjud emas. 2009 yil Syurixda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabat o‘rnatish va munosabat tamoyilini belgilash to‘g‘risidagi protokollarni imzolagan. Biroq bu hujjatlarni tomonlar ratifikatsiya qilmagan.
2018 yil Armaniston protokollar bekor qilinganini e’lon qildi. 2021 yil esa o‘zaro munosabatni tartibga solish bo‘yicha maxsus vakillar instituti tashkil qilingan.