Erdog‘an kelgusi saylovga o‘z nomzodini ilgari suradi
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kelgusi davlat rahbari sayloviga o‘zining nomzodini ilgari surishini ma’lum qildi.
Turkiyada 2023 yil iyun oyida parlament va prezident saylovi bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. Hukumatni boshqarayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) hamda Milliy harakat partiyasi (MHP) avvalroq “Xalq alyansi”ni tashkil etgan edi. Bundan avval Turkiya millatchilari yetakchisi Davlat Baxcheli kelgusi saylovda Erdog‘an “Xalq alyansi”dan nomzodini ko‘rsatishini ma’lum qilgandi. Erdo‘g‘anning o‘zi esa nomzodini ko‘rsatish masalasiga uzoq vaqt izoh bermay keldi.
"Men – "Xalq alyans"idan nomzodman, saylovlar kelasi yil iyun oyida bo‘lib o‘tadi. Bey Kamol (asosiy muxolifatchi partiya bo‘lmish Turkiya Xalq-respublikachilar partiyasi rahbari Kamol Qilichdoro‘g‘li) o‘z nomingni e’lon qil. Kurashamiz!" – dedi Erdog‘an Izmirdagi chiqishida.