Erdog‘an Anqaradagi NATO sammiti sarhisobini e’lon qildi
Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘an Anqaradagi NATO sammitini sarhisob qilib, tadbir Turkiya tashabbuslarini ilgari surish va asosiy xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilganini ta’kidladi.
Uning qayd etishicha, sammitda taxminan 1000 dan ortiq sanoat vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan. Shuningdek, Konyada uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlarga qarshi NATOning mukammallik markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Erdog‘an G‘azo sektori va Livandagi vaziyatga e’tiborni jalb qilish, shuningdek, Rossiya-Ukraina mojarosini diplomatik yo‘llar bilan hal qilish zarurligini yana bir bor ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA