Eng yaxshi kitobxon - maktab direktori
Guliston shahridagi Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi kitobxon - maktab direktori” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi qizg‘in bahs va hayajonlarga to‘la holatda bo‘lib o‘tdi. Tanlovda shaharning turli maktablaridan ishtirok etgan direktorlar o‘z bilimlari, pedagogik tajribalari va kitobxonlikni rivojlantirishdagi yutuqlari bilan bahslashdilar.
Ko‘rik-tanlov nafaqat direktorlarning bilim va malakasini baholashga qaratilgan, balki maktablarda kitobxonlik muhitini rivojlantirish, o‘quvchilarning ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirishga ham yo‘naltirilgan. Ishtirokchilarning bilim va intellektual salohiyati Ko‘rik-tanlov Nizomiga muvofiq, nufuzli ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.


Shahar bosqichi g‘olibi sifatida 16-umumta’lim maktabi direktori Charos Xalilova faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar esa 13- va 5-maktab direktorlari — Gulbahor Pardayeva va Ra’no Sulaymonovaga nasib etdi. Ular ham ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalari va kitobxonlikni targ‘ib qilishdagi faoliyatlari uchun e’tirof qilindi.
G‘ulom Primov, Muhammad Karim (surat) O‘zA