Eng kuchli raketamodelchilar aniqlandi
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida raketamodel sport turi bo‘yicha Toshkent shahar shaxsiy birinchiligi ochiq chempionati o‘tkazildi.
“Vatanparvar” tashkilotining sportning texnik va amaliy turlarini yanada ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada “Chilonzor O‘STK”, “Sergeli O‘STK” unitar korxonalari, Sergeli tumani “Barkamol avlod bolalar markazi” va Bektemir tumani “Barkamol avlod bolalar markazi”, Sergeli tumanidagi 7-umumta’lim maktabi jamoalari hamda boshqa individual ishtirokchilar raketamodelning “S-9-A”, “S-6-A”, “S-4-A” va “S-7” sinfi bo‘yicha raqobatlashdi.
“Aranchi” ochiq maydonida o‘tgan bahslarda Irina Kulakova, Denis Kim, Valeriya Kassirova, Abdurasul Amirov kabi sportchilar o‘z yo‘nalishlarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA