“Eng faol davlat arbobi” — Yil odami” nomi eʼlon qilindi
Poytaxtimizning “Zarafshon” kinokonsert zalida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkillashtirilgan “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Poytaxtimizning “Zarafshon” kinokonsert zalida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkillashtirilgan “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Oʻzbekistonda “Yil odami” sifatida eʼtirof etilgan inson maʼlum boʻldi. Ushbu inson nomini Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori Abdusaid Koʻchimov eʼlon qildi.
“Eng faol davlat arbobi” — Oʻzbekistonda yil odami, Oʻzbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Norboyeva deb topildi. Sovgʻani Tanzila Norboyevaning spikeri qabul qilib oldi.
Norboyeva Tanzila Kamolovna – 1956-yil Andijon viloyati Shahrixon tumanida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da filolog mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olgan.
Mehnat faoliyatini 1974-yil Shahrixon tumanidagi oʻrta taʼlim maktabida oʻqituvchilik bilan boshlagan.
1975-1995-yillar davomida taʼlim muassasalari, tashkilotlarda turli lavozimlarda va Xalq demokratik partiyasida faoliyat olib borgan.
1995-2010-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2010-2016-yillarda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi, 2016-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishladi.
2019-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Senat Raisi lavozimiga tayinlandi.