Energotejamkor uskunalarning afzalliklari tushuntirildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tuman-shahar sektorlari rahbarlari, energetika sohasi mutasaddilari, tijorat banklari, fermer xo‘jaligi rahbarlari, tadbirkorlar, yirik energiya iste’molchilari va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.
[gallery-19172]
Seminarda viloyatda elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish, energotejamkor uskunalarni keng joriy qilish, talon-torojliklarni oldini olish, fuqarolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yanada samarali tashkil etish borasida batafsil so‘z yuritildi. Xususan, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori o‘rinbosari A. Turdiyev tomonidan zamonaviy energiya tejamkor gaz yondirgichlari foydalanilgan tabiiy gazni taxminan 30-35 foizga iqtisod qilinishi va nafaqat gaz tejalishi, balki oila byudjetiga ham foyda ekanligini misollar bilan tushuntirib berildi.
Ta’kidlanganidek, energiya tejamkor gaz yondirgichlarining afzallik tomonlari ko‘p bo‘lib, birinchi navbatda u xavfsiz hisoblanadi, ya’ni, bosim pasayib-ko‘tarilishi oqibatida gaz uzatish tarmog‘ida uzilishlar bo‘lsa, avtomatik tarzda o‘chib, gaz o‘tkazishni to‘xtatadi. Hozirda aholi xonadonlarida tuman va shahar gaz ta’minoti bo‘limlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida bu haqida tushunchalar berilayotgani aytib o‘tildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA