Energetikada sifatli taʼmirlaş mahalliy işlab çiqariş bilan uyğunlaşmoqda
Energetika tizimining işonçli va uzluksiz faoliyati köp jihatdan sifatli texnik xizmat körsatişga boğliq. Buning uçun soha obʼektlarini zarur uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovçi buyumlar bilan öz vaqtida taʼminlaş hamda taʼmirlaş işlarini tezkor va samarali taşkil etiş muhim hisoblanadi. Şu bois, mahalliy sanoat korxonalarining işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytiriş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş va muhandislik salohiyatini mustahkamlaş tarmoq oldidagi ustuvor vazifalardandir.
Prezident Şavkat Mirziyoyev kuni keça Toşkent viloyatidagi “NURA Electric” zavodiga taşrifi davomida ayni masalalarga alohida eʼtibor qaratdi. Davlatimiz rahbari korxonaning işlab çiqariş imkoniyatlari bilan tanişar ekan, energetika sohasida mahalliylaştiriş darajasini oşiriş, ehtiyot va butlovçi qismlar işlab çiqarişni kengaytiriş hamda servis xizmatlarini rivojlantiriş yuzasidan muhim vazifalarni belgilab berdi. Qator taqdimotlar bilan tanişdi.
– Korxonamiz dastlab energetika uskunalarini taʼmirlaşga ixtisoslaşgan holda faoliyat boşlagan. Yillar davomida tajriba va texnik imkoniyatlarimizni kengaytirib, bugungi kunda muhandislik, işlab çiqariş hamda quriliş yönalişlarini qamrab olgan yirik kompaniyaga aylandik, – dedi “Özbekenergotaʼmir” AJ boş direktori Farhod Abdurahmonov. – Hozirda jamiyatimiz tarkibida töqqizta bölinma, hududlarda esa önta işlab çiqariş va xizmat körsatiş uçastkasi faoliyat yuritmoqda. Avtotransport vositalari va maxsus texnikalar soni 430 taga yetadi.
Işlab çiqariş maydonlari 7 gektarni taşkil etadi. Bu yerda 300 ga yaqin zamonaviy stanokdan iborat işlab çiqariş parki mavjud. Ularda energetika obʼektlarida foydalaniladigan turli ehtiyot qismlar va butlovçi buyumlar tayyorlanadi. Uşbu mahsulotlarning özimizning taʼmirlaş va servis xizmatlarimizda qöllanilişi işlab çiqariş jarayonlarini mahalliy imkoniyatlar hisobiga taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Buning amaliy ahamiyati katta. Çunki energetika obʼektlaridagi uskunalar uçun zarur ehtiyot qismlarni mahalliy şaroitda tayyorlaş taʼmirlaş işlarini tezkor taşkil etiş, taşqi yetkazib beruvçilarga boğliqlikni kamaytiriş va xarajatlarni maqbullaştiriş imkonini beradi. Eng muhimi, uskunalarning soz holatda işlaşini taʼminlaş orqali elektr energiyasi taʼminotining barqarorligiga ham munosib hissa qöşiladi.
Davlatimiz rahbari korxonamiz faoliyatiga oid taqdimot bilan tanişiş jarayonida işlab çiqariş salohiyatimizni yanada oşiriş, mahalliylaştiriş dasturini kengaytiriş, xususan, servis xizmatlarini mahalliylaştirişga alohida eʼtibor qaratiş zarurligini taʼkidladi. Şu munosabat bilan işlab çiqarilayotgan ehtiyot qismlar va butlovçi buyumlar turini köpaytiriş hamda ularning hajmini oşiriş böyiça topşiriqlar berildi. Bu vazifalar bizdan mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalaniş, yangi mahsulot turlarini özlaştiriş va xizmatlar sifatini oşirişni talab etadi.
Mahalliylaştirişning samarasi faqat import örnini bosuvçi mahsulot işlab çiqariş bilan çeklanmaydi. Uskunalarni loyihalaştiriş, sinovdan ötkaziş, ehtiyot qismlar bilan taʼminlaş va ularga malakali servis xizmati körsatiş imkoniyatlarining bir joyda şakllanişi tarmoqning texnologik mustaqilligini mustahkamlaydi. Bu esa mahalliy korxonalarning içki bozordagi örnini kuçaytiriş bilan birga, kelgusida taşqi bozorlarga çiqişi uçun ham mustahkam zamin yaratadi.
Marhabo HOJIAKBAROVA,
ÖzA