Endi tadbirkor bilan shunchaki "muloqot" qila olmaysiz
Nafaqat tekshiruvlar, balki oddiy muloqot ham raqamli tizimga kiritiladi.
Yurtimizda biznes vakillarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida muhim loyiha ishlab chiqildi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-63-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Yo‘l xaritasi" ijrosini izchil ta’minlash maqsadida yaratildi.
Loyihani ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?
Amaliyot tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tadbirkorlar faoliyatiga aralashuvlarning salmoqli qismi rasmiy tekshiruv sifatida emas, balki "ishchi guruh", "o‘rganish", "monitoring" yoki "tushuntirish ishlari" kabi shakllarda amalga oshirilmoqda.
Bunday tadbirlar tizimda ro‘yxatga olinmagani sababli, ularning qonuniyligini baholash va mansabdor shaxslarning javobgarligini ta’minlash imkoni bo‘lmayotgan edi.
Shu bois, loyihaning bosh maqsadi — davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan har qanday ta’sir chorasini, hatto u nazorat tadbiri hisoblanmasa ham, majburiy tartibda raqamli hisobga olish va nazorat qilishdir.
Bu orqali:
—Tadbirkorlik faoliyatiga har qanday asossiz va norasmiy aralashuvlarning oldi olinadi;
—Davlat xizmatchilari faoliyati ustidan jamoatchilik va institutsional nazorat kuchaytiriladi;
—Inson omili bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavflar keskin qisqartiriladi.
Ismoil Sayitov,
Biznes ombudsman devoni yetakchi inspektori