Endi dunyodagi zilzila va tabiiy ofatlarni özbek tilidagi veb-resursda kuzatiş mumkin
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining talabasi Tohir Sayfullayev dunyodagi seysmik faollik va tabiiy ofatlarni özbek tilida kuzatiş imkonini beruvçi veb-sayt işlab çiqdi.
Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetining sunʼiy intellekt yönalişida tahsil olayotgan talabaning platformasi «Zilzila monitori: dunyo zilzilalari bir xaritada» deb nomlanadi. U orqali turli mintaqalarda sodir bölayotgan zilzilalar, vulqon faolligi, yonğinlar va böronlarni yagona interfaol xaritada real vaqtga yaqin rejimda kuzatiş mumkin.
Resurs faqat monitoring bilan çeklanmaydi. Saytda zilzila va boşqa favqulodda vaziyatlarda özini tutiş hamda xavfsizlik qoidalariga amal qiliş böyiça amaliy tavsiyalar va qöllanmalar ham joylaştirilgan.
Loyiha aholining tabiiy ofatlar haqidagi xabardorligini oşiriş, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini kuçaytirişga qaratilgan.
Hamroz Bayonov, ÖzA