Emomali Rahmon saylovda gʻolib boʻldi
Tojikiston Respublikasida 11-oktyabr kuni oʻtkazilgan Prezident saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilindi. Unga koʻra 90,92 foiz saylovchilar amaldagi Prezident Emomali Rahmonga ovoz bergan.
Tojikiston Respublikasida 11-oktyabr kuni oʻtkazilgan Prezident saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilindi. Unga koʻra 90,92 foiz saylovchilar amaldagi Prezident Emomali Rahmonga ovoz bergan.
Bu haqda bugun Dushanbe shahrida saylovning ilk yakunlariga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida Tojikiston Markaziy saylov va referendum komissiyasi raisi Baxtiyor Xudoyorzoda maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi, Tojikiston yoshlar ittifoqi va Tojikiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Emomali Rahmon 90,92 ovoz bilan mamlakat Prezidentligiga saylangan.
– Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 4 million 221 ming 76 nafar fuqaro yoki 85,39 foiz saylovchi ovoz berishda qatnashgan, – dedi Tojikiston Markaziy saylov va referendum komissiyasi Baxtiyor Xudoyorzoda.
“Xovar” Milliy axborot agentligining xabar qilishicha, Tojikiston agrar partiyasi nomzodi Rustam Latifzoda – 3,03, Tojikiston iqtisodiy islohotlar partiyasi nomzodi Rustam Rahmatzoda – 2,15, Tojikiston kompartiyasidan nomzod Mirodja Abdulloyev – 1,17, Tojikiston sotsialistik partiyasi nomzodi Abduhalim Gʻafforov – 1,49 foiz ovoz toʻplagan.