Emlash jarayonlarida vodiy viloyatlari peshqadamlik qilmoqda
19 mayda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 50179 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 13703 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 36776 nafarni tashkil qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ayni kungacha mamlakatimizda jami 1462491 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 1139698 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 322793 nafarni tashkil qildi.
19 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Namangan viloyati (8053 doza), Andijon viloyati (6429 doza), Camarqand viloyati (5848 doza), Farg‘ona viloyati (5241 doza) band qildi.
Emlash jarayonlarida vodiy viloyatlari peshqadamlik qilib, jami emlashlar soni:
Farg‘ona viloyatida 196255 doza, Andijon viloyatida 183619 doza, Namangan viloyatida 162824 doza, Samarqand viloyatida 144075 doza, Qashqadaryo viloyatida 106480 doza, Toshkent shahrida 105213 doza, Surxondaryo viloyatida 104874 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.