Emlanib, mashina yutib olish borasida qo‘shimcha ma’lumot
2022 yilning yanvar, fevral va mart oylarida emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar o‘rtasida qimmatbaho yutuqli o‘yin tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
SSV Matbuot xizmati izohiga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan muddatdan avval koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar ham shu yilning fevral oyidan boshlab o‘tkaziladigan mazkur yutuqli o‘yinda ishtirok etishlari, avtomobil yutib olishlari mumkin.
O‘zA