«EMIT-SOLUTION» MCHJ aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi
«EMIT-SOLUTION» mas’uliyati cheklangan jamiyati aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 noyabrdagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan to‘lov tashkilotlari faoliyatiga qo‘yilgan yangi talablar bilan bog‘liq.
Qayta tashkil etish munosabati bilan jamiyat barcha manfaatdor shaxslar, jumladan kreditorlar qonunchilikda belgilangan tartibda yozma talablar qo‘yishi mumkinligini ma’lum qildi. Kreditorlarning yozma talablari Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Xabib Abdullayev MFY, Yalang‘och dahasi, 30-B-uy manziliga yuborilishi lozim.
Jamiyat vakillarining ta’kidlashicha, aksiyadorlik jamiyati maqomiga o‘tish xizmatlar sifatini yanada oshirishga, korporativ boshqaruvni takomillashtirishga hamda bozordagi raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
«EMIT-SOLUTION» MCHJ