Elobodlik bolalar yozgi oromgohlarda
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi va kasaba uyushmasi hisobidan xodimlarning 150 nafar farzandi yurtimizdagi bolalar dam olish maskanlariga bepul yullanma bilan ta’minlandi.
Jumladan, iyun oyida 60 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi “Oq kema”, 30 nafari To‘rtko‘l tumanidagi “Lochin”, 30 nafari Taxiatosh tumanidagi “Oydin yo‘l” bolalar dam olish maskanlarida yoz mavsumini o‘tkazib qaytdi.

Endi korxona xodimlarining 30 nafar farzandiga Navoiy viloyatidagi “Oftobjon” bolalar dam olish maskaniga bepul yullanma berildi. Bolalarni dam olish maskaniga olib borish, qaytish yo‘l xarajatlari korxona va kasaba uyushmasi mablag‘i hisobidan to‘lanadi.
Dovud Abibullayev, O‘zA