Elimiz ravnaqida tadbirkor ayolning hissa katta
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda qoraqalpog‘istonlik tadbirkor xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Parpibayeva, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi N.Umarova ishtirok etib, mamlakatimizda tadbirkor xotin-qizlar uchun qulay muhit va shart-sharoit yaratishga qaratilayotgan e’tibor haqida alohida to‘xtaldi.
Bugungi kunda ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Yurtimizda ularga tashkiliy, ijtimoiy-huquqiy, moliyaviy, psixologik va boshqa turdagi ko‘mak berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.
[gallery-18548]
Suhbat jarayonida ishtirokchilarga mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, istiqboldagi rejalar bilan o‘rtoqlashildi. Shuningdek, ayol tadbirkorlarning faoliyatini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, subsidiya va kredit ajratish tartibi, kadastr, soliq va bojxona tizimida mavjud imtiyozlar yuzasidan tegishli mutaxassislar bilan savol-javob o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tadbirkorligini endi boshlash arafasida turgan bir guruh xotin-qizlarga subsidiya asosida zarur asbob-uskunalar topshirildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.