Eldor Shomurodov: hech qanday bosim yo‘q!
O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va sardorimiz Eldor Shomurodov ishtirok etdi.
Eldor Shomurodov: hech qanday bosim yo‘q!
O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va sardorimiz Eldor Shomurodov ishtirok etdi.
Eldor Shomurodov jahon chempionati guruh bosqichining ilk turi doirasidagi Kolumbiyaga qarshi uchrashuv oldidan tashkil etilgan rasmiy matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hozirda jamoadagi barcha futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada, chunki biz o‘z tariximizda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etyapmiz. Albatta, debyut oldidan ma’lum ma’noda hayajon bor, biroq jamoamizda hech qanday ortiqcha bosim sezilmayapti. Barcha futbolchilarimiz ertangi uchrashuvni juda katta intiqlik bilan kutishmoqda".
Karim Xudoyqulov, O‘zA