“Elchi oʻzini Vashingtondagi imperatorning noibi sifatida tasavvur qilmoqda”
“Shimoliy oqim-2” loyihasidagi ishtirok uchun nemis kompaniyalariga sanksiyalar qoʻllash bilan tahdid qilgan AQSHning Germaniyadagi elchisi Richard Grenellga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirilmoqda, deyiladi Der Spiegel xabarida
“Shimoliy oqim-2” loyihasidagi ishtirok uchun nemis kompaniyalariga sanksiyalar qoʻllash bilan tahdid qilgan AQSHning Germaniyadagi elchisi Richard Grenellga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirilmoqda, deyiladi Der Spiegel xabarida.
Bundestagdagi soʻl partiya fraksiyasi rahbari oʻrinbosari Fabio de Mazi amerikalik siyosatchining fikri xalqaro huquq meʼyorlariga zidligini aytib, “Elchi oʻzini Vashingtondagi imperatorning noibi sifatida tasavvur qilmoqda”, degan. Nashrga koʻra, Yurgen Xardt va Ralf Shtegner kabi nemis siyosatchilari ham AQSH elchisini tanqid qilgan.