EL BOSHIGA ISH TUSHGANDA: dardimga darmon mahallam...
Ogʻir damlar kelganda asl insonlargina bir-birini qoʻllaydi. Mehr-oqibat shunday kunlarda yana-da bilinadi, qadrli boʻladi. Darhaqiqat, virusga qarshi mehri daryo xalqimiz birdamlikda harakat qilmoqda.
Ogʻir damlar kelganda asl insonlargina bir-birini qoʻllaydi. Mehr-oqibat shunday kunlarda yana-da bilinadi, qadrli boʻladi. Darhaqiqat, virusga qarshi mehri daryo xalqimiz birdamlikda harakat qilmoqda. Buni poytaxtimizdagi mahallalar qiyosida ham koʻrishimiz mumkin.
– Mahallamizda 2 ming 500 dan ortiq fuqaro yashaydi, – deydi Chilonzor tumanidagi “1-Charx kamolon” MFY raisi Zubayda Toʻychiyeva. – Ziyoli, tadbirkor va namunali oilalar koʻpchilikni tashkil qiladi. Mahallamiz ahli karantin qoidalariga jiddiy rioya qilmoqda. Arzon va qulay koʻchma bozor ham juda yaxshi boʻldi. Mahallamizdagi yolgʻiz keksalar, nogironligi bor, koʻp bolali va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi va saxovatpesha insonlar tomonidan beminnat yordam koʻrsatilmoqda.
Xalqimizning bir-biriga boʻlgan mehr-oqibati mana shunday kunlarda asqatadi. Idoramizga yordam soʻrab kelgan hech bir kishini quruq qaytarmayapmiz. Shu kunga qadar 65 dan ortiq ijtimoiy koʻmak berildi. Tadbirkorlarimiz, saxiy fuqarolarimiz koʻp ekan, hech kim qarab turmayapti. Mana yaqinda deputatimiz Dilorom Gʻofurjonova bemorlarga kerakli dori-darmonlar olib berdi.
– Koʻp yillardan buyon buyrak yetishmovchiligi qiynab keladi, – deydi ikkinchi guruh nogironi M.Ahmedova. – Qon bosimim ham tez-tez koʻtarilib turadi. Kasalligimni yengillashtirish uchun ichadigan dorilar esa juda qimmat. Deyarli har 10 kunda 380 mingga dori sotib olaman. Karantin vaqtida biroz qiynalib qoldim. Baraka topishsin, shunday ogʻir damda saxovatpesha odamlar yordam berdi.

Asl boyligimiz – sogʻligʻimiz ekanini shunday kunlarda anglar ekansiz. Xalqimizning koʻngliga xotirjamlik bagʻishlab turgan, karantin tufayli qiynalib qolgan oilalarning dardiga malham boʻlayotgan Prezidentimizga, hukumatimizga, ular boshchiligida bizga qarashayotgan mahallamiz ahliga mingdan-ming rahmat.