Ekvadorda pedagoglar ochlik e’lon qilishmoqda
Ekvador ta’lim xizmatchilari milliy ittifoqi (UNE) kelayotgan dushanba kunidan boshlab yana uchta viloyat besh kundan buyon davom etayotgan ushbu norozilik harakatiga qo‘shilishini ma’lum qildi.
"Biz besh kundan buyon ochlik e’lon qilish yo‘li bilan ish tashladik, dushanba kunidan boshlab bizning safimizga Kotopaksi, Santo-Domingo va Imbabura viloyatlari pedagoglari ham qo‘shiladi", - dedi kasaba uyushmalari raisi Isabel Vargas jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Ayni paytda jami 48 kishi, jumladan o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ushbu norozilik harakatida ishtirok etmoqda. Ular oylik bazaviy maoshlarni 800 emas, balki 1000 dollarga oshirish to‘g‘risida federal qonunga tuzatish kiritishni talab qilmoqda.