Eksportbop meva yetishtirish hajmi kengaymoqda
Buxoro tumanidagi “Siyovush Agro” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Bogʻikalon mahallasi hududidagi 101 gektar maydonda intensiv bogʻ barpo etilmoqda.
Buxoro tumanidagi “Siyovush Agro” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Bogʻikalon mahallasi hududidagi 101 gektar maydonda intensiv bogʻ barpo etilmoqda.
Eksportbop meva mahsulotlari yetishtirish hajmini kengaytirish maqsadida tashkil etilayotgan loyihaning umumiy qiymati 25 milliard soʻm boʻlib, shundan 20 milliardi bank krediti hamda 5 milliard soʻmi korxonaning oʻz mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi.
Bogʻga kuz va bahor fasllarida turli meva koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan.