Ekspert: “Ukrainaliklarni yangi iqtisodiy tanazzul kutmoqda”
Ukraina iqtisodiy taraqqiyot instituti rahbari Aleksandr Goncharovning bayonotiga qaraganda, ukrainaliklarni yangi iqtisodiy tanazzul kutmoqda.
U “Glavred”ga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Iqtisodchining fikricha, yaqinlashib kelayotgan qish mavsumi ukrainaliklar uchun mustaqillik yillaridagi eng murakkab mavsum bo‘ladi.
“Hammaga ma’lum, vazirlar mahkamasining iqtisodiy soha mas’ullari yangi tahdidlar bo‘yicha o‘z ishini uddalay olmayapti”, dedi u.
Institut direktorining qo‘shimcha qilishicha, muammo Yevropadan gaz keltirish miqdori kamaygani, shuningdek, mamlakat issiqlik elektr stansiyalaridagi ko‘mir taqchilligi bilan bog‘liq.
2021 yilning noyabr holatida omborlarda 542 ming tonna ko‘mir yig‘ilgan, mamlakat ehtiyoji uchun esa uch million tonna ko‘mir kerak.