Ekologik siyosatni amalga oshirishda ekologik jurnalistikaning roli
Janabay Kalibaevich MARZIYAEV dotsent Qoraqalpoq davlat universiteti Nukus, O‘zbekiston j.marziyayev@gmail.com, https://orcid.org/0000-0001-6837-0102
Annotatsiya
Ushbu maqolada davlatning ekologik siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda ekologik jurnalistikaning o‘rni va funktsional imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda “ekologik siyosat” tushunchasining nazariy-metodologik asoslari, davlatning barqarorlashtiruvchi roli hamda jamiyatda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish omillari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar (xususan, Germaniya) tajribasi qiyosiy o‘rganilib, OAVning aholi bilan munosabat o‘rnatish, “jashil iqtisodiyot”ni targ‘ib qilish, ekologik ta’limni rivojlantirish va jamoatchilik nazoratini (publik kontrol) tashkil etish mexanizmi yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: ekologik siyosat, ekologik jurnalistika, ekologik ong, OAV, jamoatchilik nazorati, barqaror rivojlanish, jashil iqtisodiyot, ekologik ta’lim.