Ehtiyojmandlarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining olis mahallalaridan biri Bog‘obodda sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari hududdagi aholining murojaatlarini tinglab, muammolariga yechim izladi. Shuningdek, hududdagi ehtiyojmand oilalar xonadoniga borilib, holidan xabar olindi. Ularni yashash sharoitlari o‘rganildi.



Mahalladagi kam ta’minlangan fuqarolarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qamashi tumani bo‘linmasi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 6 million 380 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri