Ehtiyojmand oilalarga un tarqatildi
Yangi yil bayrami arafasida xalq vakillari aholining kam ta’minlangan, yordamga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, xayriya tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Bahodirjon Sidiqov tomonidan Nukus shahridagi “Amudaryo”, “Jiydeli baysun”, “Anasay” va “Samanbay” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, har bir mahallaga 40 tadan jami 160 qop bug‘doy uni bepul tarqatildi.
Xalqimizning qon-qoniga singib ketgan mehr-muruvvat, xayr-saxovat kabi ezgu amallar, saxovat ishlari joylarda davom etmoqda.
O‘zA