Ehtiyojmand insonlarga manzilli yordam ko‘rsatilmoqda
Bugungi kunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan joylarda oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini o‘rganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlari shakllantirilmoqda. Shuning barobarida ehtiyojmand qatlam vakillariga individual tartibda ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatilmoqda.
Navoiy viloyati Navbahor tumanida 75 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksa va nogironligi bor shaxslar ro‘yxati tuzildi. Ularga 10 nafar ijtimoiy xodim assistentlari xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, tumanda joriy yilda 265 nafar fuqaro protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lsa, 170 nafariga sihatgohlarga borish uchun yo‘llan berildi.
Bundan tashqari nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni kengaytirish hamda ular o‘rtasida sportga qiziquvchilar qamrovini yanada oshirish maqsadida parasport turlari bo‘yicha murabbiylar ajratilib, muntazam ravishta mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Jumladan, birgina para yengil atletika bo‘yicha tumanda 40 nafar yoshlar qamrab olingan.
[gallery-15135]
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA