“Ehtirom” nishoni o‘z sohiblariga topshirildi
Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri binosida bo‘lib o‘tayotgan tantanali tadbirda sohaning faol vakillari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Ehtirom” nishoni bilan taqdirlanmoqda.
Sohada mehnat qilayotgan 26 nafar hamyurtimizga nishonlarni mazkur jamoat tashkiloti raisi Qudratilla Rafiqov topshirdi.
– Mamlakatimizda mehnatkashlar, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash yangi bosqichga ko‘tarilmoqda, – dedi “Ehtirom” nishoni sovrindori, “Kosonsoy” sanatoriysi direktori Abdullaxon Qalandarov. – Biz ham bu boradagi ishlarga yangicha asosda yondoshishga harakat qilmoqdamiz.
Tantanali tadbir davom etmoqda.
N.Usmonova, O‘zA